03.03.2017

Xalq orasida oddiygina qilib, Xosting deb nomlanuvchi diskli fazoni taqdim qilish bo‘yicha xizmatlarni ishga tushirdik. Ushbu xosting Vesta boshqaruv paneli yordamida taqdim qilinib, uning vositasida foydalanuvchilar o‘z saytlarini, ma’lumotlar bazalarini joylashtirishi, E-mail xizmatlaridan foydalanishi, DNS yozuvlarni boshqarishi va ko‘pdan-ko‘p boshqa imkoniyatlardan bahra olishi mumkin.