DIQQAT BILAN TANISHIB CHIQISHINGIZNI SO'RAYMIZ!!!
Eskiz IT Company hamkorligingiz uchun sizga hurmat va minnatdorchilik bildiradi.
Kompaniyamizga Uzmobile uyali aloqa operatoridan barcha kontent-provayderlarga tegishli, 10.03.2026 yildagi №274-04-41/1166 sonli xat kelib tushdi. Unda Uzmobile abonentlariga SMS xabar yuborish xizmati bo‘yicha tarifga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida ma‘lumot berilgan. Hammaga ma‘lumki, SMS-xabarlar uyali aloqa operatorlar tomonidan yuboriladi va SMS-xabar yuborish xizmatimizning tan narxi butunlay uyali aloqa operatorlari tomonidan belgilangan narxlarga bog'liq va o‘sha narx asosida shakllantiriladi, shu bilan birga, afsus bilan aytishimiz kerakki, bu holatga biz hech qanday ta‘sir otkaza olmaymiz.
Shu munosabat bilan, Uzmobile operatorida SMS-xabar yuborish xizmatining narxi o‘zgartirilishi haqida xabar beramiz.
2026-yil 1 – apreldan boshlab Uzmobile abonentlariga:
1. Servis turdagi 1 ta sms yuborish narxi 145 so‘mni tashkil etadi.
2. Reklama turidagi 1 ta sms yuborish narxi 350 so‘mni tashkil etadi.
Boshqa uyali aloqa operatorlarida SMS xabarlarni yuborish narxi o‘zgarishsiz qolmoqda.
SMS-xabarlarni yuborilayotganda qilinadigan hisob-kitob billingda to'g'ri ko'rsatilishi uchun, narx o'zgarishi 01.04.26y, soat 00.00 dan boshlab kuchga kiradi.
Siz bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni umid qilgan holda,
Hurmat bilan, Eskiz IT Company jamoasi.