Veb dasturchi

Saytlar ishlab chiqish uchun veb dasturchi ishga taklif qilinadi.

PHP boʻyicha bazaviy bilim va CMS bilan ishlay olishi talab etiladi

Raqam bo'yicha batafsil: +998 90 188 22 00 yoki info@eskiz.uz

Veb dizayner

Saytlar ishlab chiqish uchun veb dizayner ishga taklif qilinadi.

Vazifalari:

- mokap va prototiplarni tayyorlash

- korporativ saytlar, internet doʻkonlar uchun veb sahifalar maketlari, landing page va boshqalarni Photoshop yoki boshqa dasturda ishlab chiqish.

Talablar:

- yuzabilitining asosiy prinsiplariga rioya qilish,

- informativ, rang-barang va tushunarli (qulay) veb sahifalar yarata olish

- oʻz portfoliosi boʻlishi shart!

Raqam bo'yicha batafsil: +998 90 188 22 00 yoki info@eskiz.uz

IT bilimiga ega mutaxassis

Siz domen, xosting va vebsayt nimaligini bilasizmi?

Unda jamoamiz aʼzosiga aylaning.

Vazifalari:

- yangi mijozlarni faol jalb qilish (telefon orqali),

- mijozlar bazasini rivojlantirish,

- kelishuvning barcha bosqichlarini yuritish,

- zarur hisobotlarni qilib borish.

Talablar:

- oʻzbek va rus tillarini yaxshi bilish,

- axborot texnologiyalari, domen, xosting va vebsayt nimaligini tushunish.

Raqam bo'yicha batafsil: +998 90 188 22 00 yoki info@eskiz.uz

Loyiha menejeri

Loyihalarni boshqarish uchun menejer ishga taklif qilinadi.

Vazifalari:

- Web ishlanma loyihalarini boshqarish: ishga tushirilishidan (sotuvlar boʻlimidan loyiha qabul qilinishi) to loyihaning yakuniy topshirilishigacha,

- talablarni oʻrganish/yigʻish,

- mijoz bilan kelishish uchun texnik vazifa tuzish,

- dizayn uchun vazifalarni ishlab chiqish, mijoz bilan dizaynni kelishish (loyiha uchun qanday dizayn kerakligi, usability prinsiplari va shu kabilarni bilish)

- dasturchi va sahifalovchilar uchun batafsil texnik vazifalarni shakllashtirish, loyiha jamoasi bilan oʻzaro birga ishlash,

- loyihani sinab koʻrish,

- saytga kontentni joylashtirishni tashkillashtirish (mijoz, kopirayter bilan birga ishlash),

- loyihani foydalanishga topshirish,

- loyiha ishlab chiquvchilar jamoasi vazifalarini belgilash va uning ijrosini nazorat qilish.

Talablar:

- Loyihalani boshqarish boʻyicha tajribaga ega boʻlish (bir paytda bir nechta loyihani boshqarish),

- rus va oʻzbek tillarini bilish shart,

- sayt ishlab chiqish va dasturlash prinsiplarini tushunish,

- vazifalarni ogʻzaki va yozma ravishda ochiq-oydin ifodalab berish.

Raqam bo'yicha batafsil: +998 90 188 22 00 yoki info@eskiz.uz

PHP dasturchi

Vazifalari:

- kompaniyaning veb portali server qismini ishlab chiqish,

- freymvork uchun yangi modullarni ishlab chiqish,

- vazifalar boʻyicha texnik hujjatlashtirishni yuritish,

- yuqori texnologik, innovatsion yechimlarni taklif qilish va tadbiq etish,

Qoʻshimcha ravishda:

Dasturlashning boshqa tillarini bilish;

HTML/CSS (sahifalash bilan shugʻullanishga toʻgʻri kelmaydi, shtatimizda sahifalovchi bor)

Talablari:

- Mutaxassisligi boʻyicha 4+ yil ish tajribasi

- PHP, JS, MySQLʻni aʼlo darajada bilish,

- API (RESTful, SOAP) bilan ishlagan boʻlish zarur;

- obyektga yoʻnaltirilgan dasturlashni yaxshi tushunish;

- Linuxʻni bilish;

- kamida bitta freymvorkni bilish (Laravel, Phalcon, Codeigniter, Yii);

- Angularʻni oʻzlashtirgan boʻlish shart;

- Git, SVN, CVS versiyalaridagi nazorat tizimlari bilan ishlash koʻnikmalari;

- masʼuliyatlilik, tahliliy fikrlash, rivojlanishga intilish.

Raqam bo'yicha batafsil: +998 90 188 22 00 yoki info@eskiz.uz