Oʻzbekistonda sayt yaratish qancha turadi?
Qurilish bilan shugʻullanadigan kompaniyadan uyni qurish qanchaga aylanayotganini soʻrasangiz, darrov oʻzingizdan soʻrab ketishadi: Uyning maydoni qanchalik boʻladi? Necha qavatli boʻladi? Qurishda qanday materialdan foydalanish kerak? va hokazo. Shularning barchasi hisobga olinib, uyning narxi kelib chiqadi. Saytlar yaratilishi ham huddi shunday. Avvalo sizga sayt qaysi maqsadlar uchun kerakligini, u sizningcha qanday koʻrinishga ega boʻlishi kerakligini aniqlab olishingiz zarur. Saytning narxi hamma tafsilotlar gaplashib olingach, aytiladi. Qolaversa, kompaniyamiz saytlarni yaratish boʻyicha tayyor yechimlarni ham taqdim etadi va ular Ekspress sayt deb nomlanadi. Yaʼni 4 kun ichida va atigi 750 ming soʻmga oʻzingizning toʻlaqonli veb-saytingizni ishga tushirishingiz mumkin boʻladi. Kolleksiya bilan saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin.
Qancha vaqtda saytni yaratib, ishga tushira olasiz?
Har bir loyiha oʻziga xos. Shu sababdan buyurtmani bajarish muddatlari turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, Ekspress saytlarni biz 4 kunda ishga tushirishimiz mumkin, lekin eksklyuziv saytlarni yaratish esa 3 xaftadan boshlanishi mumkin. Batafsil misollar bilan sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.
Saytga kontentni qanday tayyorlashim lozim?
Sizdan saytga joylashtirish uchun maʼlumot tayyorlab, bizga elektron shaklda yuborishingiz talab qilinadi. Agar sizda kontent yaratish boʻyicha tajriba boʻlmasa, bizning kopirayterlarimiz Sizga saytingizni foydali axborot bilan bexato toʻldirishga koʻmaklashib, tovar va xizmatingiz bozorini chaqqon qiladigan sifatli matnlar yozib berishadi.
Mening veb-saytim mobil qurilmada qanday koʻrinadi?
Mutaxassislarimiz brauzer oynasi shaklini oʻziga oluvchi moslashuvchan dizayn yaratib beradi. Shu tufayli sahifalar har qanday qurilmada ham aʼlo koʻrinishga ega boʻladi.
Bizning saytimizning nomi oldidan sizga (kompaniyangizga) tegishli domen turadimi?
Yoʻq, hech qanday qoʻshimcha domen boʻlmaydi. Manzilingiz quyidagicha boʻladi:
www.kompaniyangiz nomi.uz
Nega sizning kompaniyangizda sayt ishlab chiqish bepul konstruktorlardan foydalangandan koʻra manfaatliroq?
Bepul veb-sayt konstruktorlari koʻplab topiladi. Keling, nima uchun ulardan foydalanmagan maʼqulligini koʻrib chiqamiz.
- Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi.
Mutlaqo bepul konstruktorlarning oʻzi yoʻq. Bu onlayn xizmatlarni yaratgan kompaniyalar qanday qilib ulardan pul qilish yoʻllarini ham oʻylab qoʻygan. Odatda Google va Yandex qidiruv tizimlarida saytingizni roʻyxatdan oʻtkazish (mijoz sahifangizni qidirishga berganida topa olishi uchun) yoki saytingiz manzilidan foydalanishi yoxud jonga tegadigan reklamalardan qutulish uchun pullik obuna sotib olishingizga toʻgʻri keladi.
- Saytni rivojlantirish imkoniyatlari kam.
Konstruktorlar, koʻpincha, internet resursingizni rivojlantirish, uning funksionalini toʻldirish va shu kabilar uchun juda kam imkoniyatlar taqdim etadi. Bizning ekspress saytlarimiz funksionalni kengaytirish uchun katta imkoniyat beradi, bu esa oʻz navbatida saytni rivojlantirish, uni takomillashtirib, SEO optimalligini oshirishga keng yoʻl ochadi.
- «Oʻzingiz yasab oling»
Konstruktorlar sizga saytni oʻzingiz yasashingizni taklif qiladi. Lekin koʻpchilikning bu sohada tajriba va koʻnikmalari yoʻq boʻlgani uchun sifatli veb-loyihani yasash oʻta murakkab. Koʻpchilik soatlar-u kunlarni bekor ketgazib, oʻzi xohlagan mahsulotni yarata olmaydi-da, bizga murojaat qiladi.
- Bepul texnik koʻmak koʻrsatmaydi.
Bunday xizmatlar texnik koʻmakni pullik obuna evaziga koʻrsatadi yoki umuman koʻmak taqdim qilmaydi. Eskiz IT kompaniyasi oʻz saytini yaratmoqchi boʻlganlar uchun toʻliq xizmatlar kompleksini taklif etadi: ishlab chiqish, xizmat koʻrsatish va texnik koʻmak.