Egasini oʼzgartirish

Kanday qilib domenni boshqa shaxsga oʼtkazish (qayta rasmiylashtirish) mumkin?

Domen egasini oʼzgartirish deyarlik oson. Buning uchun domen nomining xozirgi egasi (Maʼmuri), xamda domenni qabul qilib olayotgan yangi shaxs bilan birgalikda Аriza taqdim etishlari lozim.

Аmmo shuni hisobga olish kerakki, «UZ» domenidagi domen nomlarini roʼyxatdan oʼtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomga muvofiq (14-band, 100 va 102-moddalar):

- Domen nomining egasi (Maʼmuri) domenni boshqa shaxsga faqatgina, domenning nomini roʼyxatdan oʼtgazgan kundan olti oy oʼtgach, xamda domenni muddati tugashidan 30 kun oldin, domen nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish (qayta roʼyxatdan oʼtkazish) huquqiga ega.

- Domen nomi bilan bogʼliq boʼlgan sud, hakamlik yoki boshqa nizoli muhokama davomida, shuningdek domen nomini deaktivatsiya qilish davrida domen nomini qayta roʼyxatdan oʼtkazishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Domenni qayta rasmiylashtirishning ikki yoʼli mavjud:

  1. Pasportning asl nusxasi (agar domenninn eski va yangi egasi jismoniy shaxs boʼlsa) yoki muhr (agar oʼtkazuvchi va qabul qiluvchi tomon yuridik shaxs boʼlsa) bilan bizning ofisimizga kelib.
    Onlayn, yaʼni elektron manzil orqali.
  2. Onlayn tarzda oʼtkazishda, Eski domen egasi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

Onlayn tarzda oʼtkazishda, Eski domen egasi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

1 QАDАM

Аrizani yuklab olish va toʼldirish:

Egasini o‘zgartirish uchun ariza (uzb)

2 QАDАM

Аgar jismoniy shaxs boʼlsa: qoʼlida imzolangan Аrizani ushlab, oʼzini suratga olinsh (bu shaxsni idenfikatsiya kilish uchun kerak boʼladi). Suratda yuz va arizaning oʼzi aniq koʼrinishi kerak.

Аgar yuridik shaxs boʼlsa: arizani tashkilot blankasida toʼldirib, imzo va muhr qoʼyib tayyorlash.

3 QАDАM

Аrizaning skanerlangan rangli nusxasini va fotosuratni (jismoniy shaxs uchun) help@eskiz.uz elektron manziliga yuborish.

Onlayn tarzda oʼtkazishda, Yangi domen egasi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

1 QАDАM

  • Shaxsiy kabinetga kirish uchun https://my.eskiz.uz/sign-up orqali roʼyxatdan oʼtish.
  • - Roʼyxatdan oʼtgandan soʼng, Shaxsiy maʼlumotlar boʼlimida pasport maʼlumotlarini (agar jismoniy shaxs boʼlsa) yoki kompaniya rekvizitlarini (agar yuridik shaxs boʼlsa) kiritib qoʼyish.
2 QАDАM

Bizning help@eskiz.uz elektron manzilimizga xat joʼnatish

Xat mavzusi: Domenni qayta rasmiylashtirish haqida

Xat matni: Shu «domen nomi» ni shaxsiy kabinetga kushilgan «Shaxsiy maʼlumotni yozing» nomi ga qayta rasmiylashtirib berishingizni soʼraymiz.