Bizning kompaniyamiz haqida koʻproq maʼlumot olish uchun vaqt topganingiz uchun rahmat. 

BIZ NIMA BILAN SHUGʻULLANAMIZ?

Eskiz IT kompaniyasi – uz zonasida domenlarni roʻyxatga olish, oʻz server quvvatlarida yuqori sifatli xosting taqdim etish, tayyor va eksklyuziv saytlarni ishlab chiqish, SMS va Email tarqatish, va shu bilan birga SSL sertifikatlarni oʻrnatish va sozlash kabilarni oʻz ichiga oluvchi ixtisoslashgan xizmatlarning keng tanlovi demakdir.

HAMMASI QANDAY BOSHLANGAN EDI?

Bizning kompaniyaga 2008 yilda asos solingan, 2009 yildan boshlab esa biz Rossiyaning “1S-Bitriks” kompaniyasining rasmiy hamkoriga aylandik va shu tizimda saytlar ishlab chiqish va yaratish bilan shugʻullanamiz.

2015 yil 27 iyulda kompaniyamiz dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilar milliy reyestriga qoʻshildi.

2016 yilning boshida esa Elektron va kompyuter dasturiy taʼminoti eksportini rivojlantirish kengashi (ESC) bizni MDH davlatlari biznes delegatsiyalari tarkibida 16-marta oʻtkazilayotgan INDIASOFT 2016 IT koʻrgazmasiga borishimizni taklif qildi. U yerda AT sektoridagi innovatsiyalar taqdimotini oʻtkazgan 150 hind kompaniyalari ishtirok etdi va turli xorijiy AT kompaniyalari bilan oʻzaro aloqa oʻrnatish uchun muloqotda boʻldi.

2016 yil 24 avgustidan boshlab esa biz UZ zonasida domen nomlarni roʻyxatdan oʻtkazadigan rasmiy registrator maqomini oldik.

 

2017 yil 18-22 sentyabrida ICTWEEK Uzbekistan koʻrgazmasida ishtirok etdik.

 

2017 yil 23 oktyabrida esa “Mirzo Ulugbek Innovation Senter”ning rezidentiga aylandik.

 

MINIMALIZM VA HAMMASI TUSHUNARLI

Kompaniyamiz uchun minimalizm, tushunarlilik va muloqotdagi yengillik muhim oʻrinda turadi. Shuning uchun saytimiz va shaxsiy kabinetni ishlab chiqish, xizmatlarimizni yoʻlga qoʻyishda foydalanuvchilar yoshi va internetni qanchalik ishlata olishidan qatʼiy nazar bizning mahsulotlarimizni qiynalmay tushunishiga harakat qildik.

SIZGA AYTMOQCHI BOʻLGANIMIZ...

Biznesni internetda yoʻlga qoʻyib yuborish allaqachon arzon, oson va tez boʻlib qoldi. Axir bu uchun dunyoda barcha imkoniyatlar bisyor. Koʻplab insonlar buni anchadan beri bilib boʻlishgan va, fursatdan foydalanib, yaxshi domenlarni sotib olib qoʻyishmoqda.

Shiorimiz — “Internetda oʻz oʻrningizni egallashga shoshiling ”. Bu bekorga emas. Axir oʻz biznesingizni virtual olamda qanchalik faol taqdim eta olsangiz, raqobatchilardan ortda qolib ketish xavfi shuncha kamayadi.

Oʻzingizga sayt yaratib olish oson, tez va arzonligini tushunish uchun eʼtibor bilan bizning xizmatlarimizni oʻrganib chiqishning oʻzi kifoya!

BOSHIMIZ KOʻKKA YETADI!

Veb-saytlar hozir juda xam hammabop boʻlib borayapti va unga ehtiyojni sezgan har kim, oʻzi uchun osongina sayt yasattirib olishi mumkin. Agar biz shu haqiqatni odamlarga yetkaza olsak, xursand boʻlamiz. Boshqacha qilib aytganda biz Oʻzbekistonda: sayt yaratish uzoq vaqt oladi, qimmat va qiyin kabi notoʻgʻri fikrlarni yoʻqqa chiqarmoqchimiz.

BIZNING KOMPANIYA OʻZ OLDIGA SHUNDAY MAQSAD QOʻYDIKI, OʻZBЕKISTONDA VЕB-SAYT OCHISHNI ISTAGAN HAR QANDAY FOYDALANUVCHI UNGA ERISHA OLSIN!