O‘zbekistonda domen registratorini qanday qilib almashtirish mumkin?
Agarda sizning domeningiz boshqa uz domen registratorida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo siz xostingni bizda buyurtma qilayotgan bo‘lsangiz, ehtimol siz uchun domen va virtual xostingga birvarakayiga toʻlov qilish qulayroq boʻladi. Shu va boshqa holatlarda biz sizga oson, yengil va mutlaqo bepul yo‘l bilan domenni o‘zimizga o‘tkazishni taklif qilamiz. Domen uzilishlarsiz, bir soniyaga ham ishini to‘xtatmagan holda o‘tkaziladi.
Domen o‘tkazmasi uch oson qadamda amalga oshiriladi.
BIRINCHI QADAM
Oʻtkaziladigan domen aynan sizning yoki tashkilotingiz nomiga roʻyxatdan oʻtkazilganiga ishonch hosil qilish
IKKINCHI QADAM
Hozirda sizning domeningiz joylashgan avvalgi registrator elektron pochtasiga quyidagi namuna boʻyicha xat yoʻllash:/p>
Xat mavzusi: Shu «Domen nomi» ni boshqa registrator tasarrufiga oʻtkazish
Xat matni: Sizdan shu «Domen nomi» ni rasmiy registrator ХК Best Internet Solution (Eskiz IT Company) kompaniyasi tasarrufiga oʻkazishingizni soʻrayman.
UCHINCHI QADAM
Bizning help@eskiz.uz elektron manzilimizga xat joʻnatish
Xat mavzusi: Shu «Domen nomi» ni oʻz tasarrufingizga qabul qilib olishingizni soʻrayman
Xat matni: Shu «Domen nomi» ni «Avvalgi registrator nomi» dan kompaniyangiz tasarrufiga qabul qilib olishingizni soʻrayman.
ESLATMA:
Agar siz jismoniy shaxs boʻlsangiz, domeningizni roʻyxatga olish paytidagi koʻrsatgan elektron manzilingiz orqali xatni joʻnatishingiz lozim.
Agarda siz yuridik shaxs boʻlsangiz – xat kompaniya maxsus blankasida, muhr bosilgan shaklda boʻlishi kerak.
MUHIM:
- Avvalgi domen registratori xatni qabul qilib olgandan soʻng, ikki ish kuni davomida domenni oʻz tasarrufidan chiqarib yuborishi darkor.
- Agarda siz oʻz domeningiz uchun avvaldan bir necha yil oldinga pul toʻlab qoʻygan boʻlsangiz, domen muddati tugagunga qadar, qaytadan pul to'lab yurmaysiz.