Eskiz IT Company’dan .UZ domeni uchun NFT-sertifikat
2026-09-10 00:00:00

Eskiz IT Company’dan .UZ domeni uchun NFT-sertifikat

Domeningiz — shunchaki sayt manzili emas, balki muhim raqamli aktiv va biznes obro‘sining bir qismidir.

Eskiz IT Company .UZ hududidagi domenlar uchun NFT-sertifikatni rasmiylashtirish xizmatini taqdim etadi. Sertifikat ma’lumotlari blokcheynga kiritilib, domen nomi sizga tegishli ekanini tasdiqlovchi qo‘shimcha raqamli dalil yaratadi.

NFT-sertifikatning afzalliklari:

✅ domen sizga tegishli ekanini tasdiqlash;
✅ ma’lumotlarni noqonuniy o‘zgartirish va soxtalashtirishdan himoya qilish;
✅ sertifikatning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati;
✅ mijozlar va hamkorlar ishonchini oshirish;
✅ kompaniyaning raqamli aktivini zamonaviy usulda himoya qilish.

Domen nomingiz xavfsizligi va brendingiz obro‘si haqida bugundanoq qayg‘uring.

.UZ domeningiz uchun NFT-sertifikatni Eskiz IT Company orqali rasmiylashtiring.