Eskiz IT Company hamkorligingiz uchun sizga o‘z hurmati va minnatdorchiligini bildiradi.
Kompaniyamizga Mobiuz uyali aloqa operatoridan barcha kontent-provayderlarga tegishli 2026-yil 19-avgustdagi №06/0261-u-sonli xat kelib tushdi. Unda Mobiuz abonentlariga SMS-xabar yuborish xizmati bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida ma’lumot berilgan.
Hammaga ma’lumki, SMS-xabarlar uyali aloqa operatorlari orqali yuboriladi va SMS-xabar yuborish xizmatimizning tannarxi bevosita uyali aloqa operatorlari tomonidan belgilangan narxlarga bog‘liq holda shakllanadi. Shu sababli, afsuski, mazkur narx o‘zgarishiga kompaniyamiz bevosita ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Shu munosabat bilan, Mobiuz operatori abonentlariga SMS-xabar yuborish xizmati narxlari o‘zgartirilishi haqida ma’lum qilamiz.
2026-yil 10-sentabrdan boshlab Mobiuz abonentlariga:
1. Servis turidagi 1 ta SMS-xabar yuborish narxi — 170 so‘m.
2. Reklama turidagi 1 ta SMS-xabar yuborish narxi — 370 so‘m.
Boshqa uyali aloqa operatorlari abonentlariga SMS-xabar yuborish narxlari o‘zgarishsiz qoladi.
SMS-xabarlar yuborilganda billing tizimida hisob-kitoblar to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, yangi narxlar 2026-yil 10-sentabr soat 00:00 dan boshlab kuchga kiradi.
Siz bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.
Hurmat bilan,
Eskiz IT Company jamoasi